Riberi "Fiorentina" bilan shartnoma imzolagach nimalar dedi?

  • 22 avgust, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur futbolchi Frank Riberi “Fiorentina” bilan shartnoma imzolagach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Fiorentina” bu – mening va oilam hayotimdagi yangi sahifa. Men mana shunday go‘zal shaharda mana shunday ajoyib jamoa bilan shartnoma imzolaganimdan mamnunman. Mavsum boshlanishini va yangi jamoadoshlarim, muxlislar bilan tanishishni judayam xohlayapman”, - deydi 36 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Riberi “binafsharanglilar”  safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi va ular bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U A Seriya klubida yiliga 4 mln evro maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!