Riberi maoshining teng yarmiga qisqartirilishiga ham rozi bo‘ldi

  • 6 iyun, 2021, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" 30 iyun kuni erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Frank Riberi bilan shartnomani 1 yilga uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

38 yoshli frantsuz futbolchisi klubda qolishga qarshi emas, ammo “binafsharanglilar” prezidenti Rokko Kommisso uning yillik maoshini 4 milliondan 2 million evrogacha kamaytirmoqchi.

Shunga qaramay, Riberining agenti Davide Lippi bilan o‘tgan muzokaralar ijobiy yakunlangan. Yakuniy qaror kelasi haftada qabul qilinishi kutilmoqda.

Riberi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!