
Riberi yana Bundesligada qolishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq vingeri Frank Riberi yangi mavsumni yana Bundesligada o‘tkazishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar 36 yoshli frantsiyalik futbolchi maosh masalasidagi talabini kamaytirsa, uni "Ayntraxt" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Riberiga ayni damda "Liverpul", "Arsenal", "Fiorentina" va bir qator arab klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Riberi 2007 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U joriy yoz shartnomasi yakunlangach jamoani tark etdi. U hozirda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar