Rimda amaldagi chempion Nadal o‘z yurishini to‘xtatdi

  • 20.09.2020 11:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Rimdagi "Masters" turniri o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Kecha chorak finaldan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvlar yakunlandi.

Amaldagi chempion Rafael Nadal argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqdi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Yakuniy hisob 6:2, 7:5.

Endi Shvartsman final ostonasida Denis Shapovalov bilan munosabatlarga oydinlik kiritadi. Kanadalik raketka ustasi chorak finalda Grigor Dimitrovni 6:2, 3:6, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Yarim final uchrashuvlari 20 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!