Rivaldo: Dembele MYu uchun yaxshi variant

  • 14 avgust, 2020, 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembele haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

Usmon Lissabonga yo‘l oldi va bizda uning “Bavariya”ga qarshi o‘yinini kuzatish imkoniyati bor. U “Barselona”ning “jokeri” bo‘lishi mumkin, chunki u zaxiradan maydonga tushib, o‘yinga jiddiy ta’sir o‘tkaza oladi. U juda iste’dodli.

Mavsum yakunida uni jamoadan ketishi haqida turli mish-mishlar yuribdi, lekin Usmon shu erda ekan, murabbiy uning xizmatlaridan foydalanishi kerak.

“Manchester Yunayted” Jeydon Sanchoni sotib ololmagach, aynan Dembelega e’tibor qaratgani haqida xabarlar tarqaldi. Dembele “Yunayted” uchun yaxshi variant. U juda tezkor va qobiliyatli, uning premer-ligada yaxshi natijalar ko‘rsatishiga ishonaman”, - deydi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!