Robert Levandovski Joau Kanselu transferiga qo‘shilishi mumkin

  • 06.01.2026 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu uchun amalga oshirilayotgan transfer operatsiyasiga qo‘shilishi mumkin.

Bundan avval xabar qilinganikdek, kataloniyalik klub portugaliyalik futbolchini xarid qilishga yaqin turibdi.

Insayder Sasha Tavolierining ma'lumotiga ko‘ra, saudiyaliklar transferga hujumchini qo‘shishni taklif qilishgan – ular uni yarim yillik ijaraga olishni istashmoqda.

Robert Lewandowski of FC Barcelona reacts during the LaLiga EA Sports match between RCD Espanyol and FC Barcelona at RCDE Stadium on January 03, 2026...

Agar taklif qabul qilinsa, "Barselona" Levandovskining maoshida tejamkorlik qilishi mumkin va futbolchi "Al-Hilol"da "blaugranaliklar"ga qaraganda ko‘proq daromad oladi.

Mumkin bo‘lgan transfer haqida qarorni futbolchi o‘z vaqtida qabul qilishi lozim. Hozircha uning bu masaladagi mavqei ma'lum emas.

Joriy mavsum La Ligada Levandovski 14 ta o‘yin o‘tkazdi va 9 ta gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!