Robert Uittaker: "Jastin G’etjini mag’lub etish uchun Arman Tsarukyanda barcha zarur jihatlar bor, biroq..."
UFC sobiq chempioni Robert Uittaker engil vazn toifasida amaldagi chempion Justin Getji va da'vogar Arman Tsarukyan oʻrtasidagi ehtimoliy jang imkoniyatlarini baholadi.
"Armanning tirsak zarbasi juda sovuqqonlik bilan ijro etildi va Ruffini butunlay "oʻchirib qoʻydi". Qogʻozda qaraganda, Getjini magʻlub etish uchun zarur boʻlgan barcha jihatlar "Betmen"da bor. Biroq hozir Iliya Topuriya bilan Tsarukyan oʻrtasidagi bahsni koʻrishni afzal koʻrardim", — dedi Uittaker "MMArcade Podcast" dasturida.
Eslatib oʻtamiz, 19 sentabr kuni "UFC 331" turnirida Arman Tsarukyan birinchi raunddayoq Maurisio Ruffini nokautga uchratdi.

Fikrlar