Roberto De Zerbi "Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi
Londonning "Tottenxem" klubi italyalik murabbiy Roberto De Zerbi bilan printsipial kelishuvga erishdi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Marcio. Hozirda tomonlarga oxirgi tafsilotlarni kelishish qolgan.
"Shporlar" mutasaddilari bir necha kun avval Igor Tudorni iste'foga chiqargan edi. Jamoaning so'nggi o'yinlardagi natijasi bunga asosiy sabab sifatida ko'rsatilmoqda.
"Tottenxem" APL turnir jadvalining 17-o'rinni egallab turibdi va 31 turdan so'ng 30 ochko to'pladi.
De Zerbining so'nggi ish joyi — "Marsel" klubi bo'lib, u yerda 2024 yil iyundan 2026 yil fevralga qadar faoliyat yuritgan.
Fikrlar