Rodri qo‘shnilarini dron orqali kuzatganlikda ayblanmoqda

  • 11.03.2026 05:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Manchester politsiyasi “Manchester Siti” futbolchisi Rodrigga nisbatan tekshiruv boshladi.

Futbolchining turar joy majmuasidagi qo‘shnilari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, u dronni ularning oynasiga juda yaqin uchirib, shaxsiy hayot daxlsizligini buzganini aytgan.

Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.

Rodri penthausidagi balkonida dronni boshqarish pulti bilan tushgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgandan keyin tekshiruv boshlangan.

- Televizor tomosha qilayotganingizda oynadan bir metr narida dronni ko‘rish — bu kutilmagan holat, - deydi Rodri qo‘shnilaridan biri.

Bu so‘zlarni The Sun nashri keltirdi.

Politsiyaga murojaat qilishdan oldin uyda yashovchilar bu holatni guruh chatida muhokama qilgan va binodagi konsyerjga shikoyat bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!