"Rolan Garros-2019"da 1978 yildan beri kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi

  • 7 iyun, 2019, 17:49
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ma’lumki, ayni paytda tennis bo‘yicha "Rolan Garros-2019" musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun musobaqaning yarim final bellashuvlari o‘tkazilmoqda. 

Tecno

E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida "meyjorlar"da kamdan kam kuzatiladigan vaziyat sodir bo‘ldi. Gap shunadaki, yarim final ishtirokchilaridan hech kim shu paytgacha "Katta dubulg‘a" musobaqasining finalida o‘ynamagan. Bunday holat so‘nggi bor 1978 yili Avstraliya ochiq chempionatida kuzatilgan edi. Bu yil Frantsiya ochiq chempionatining yarim finaliga Yoxanna Konta, Amanda Anisimova, Eshli Barti i Marketa Vondroushova yo‘l oldi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun o‘tkazilgan yarim final o‘yinlaridan keyin Eshli Barti hamda Marketa Vondroushova bosh sovrin uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!