"Roma" - "Spetsiya" o‘yini payti noxush voqea ro‘y berdi

  • 14.12.2021 13:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriya 17-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Spetsiya" uchrashuvida noxush voqea yuz berdi, deya xabar bermoqda gazetta.it nashri. 

23 yoshli rimlik ishqibozning yuragi o‘yinning 30-daqiqasida to‘xtab qolgan, biroq  muxlis defibrillyator yordamida reanimatsiya qilingan va zudlik bilan shifoxonaga jo‘natilgan. 

Muxlisning ayni damdagi holati haqida hali xabar berilmadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yinda "bo‘rilar" 2:0 hisobida raqibni mag‘lub etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!