
"Roma" APLdan himoyachi olib kelishi kutilmoqda
Italiyaning "Roma" klubi Angliya premer-ligasidan himoyachi olib kelishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "bo‘rilar" "Lids"dan Diego Lorenteni ijaraga olishga yaqin turibdi.
Ayni paytda klublar shartnoma tuzish ustida faol ishlamoqda. Ispaniyalik futbolchi sotib olish huquqi bilan "Roma"ga ijaraga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida Lorente "Lids" bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Ammo shunga qaramay, "tovuslar" rahbariyati tajribali ispaniyalikni Joze Mourino jamoasiga qo‘yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda 29 yoshli markaziy himoyachi Angliya premer-ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar