"Roma" bosh murabbiy lavozimiga 2 ta murabbiyning nomzodini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Roma" xo‘jayini Den Fridkin mavsum yakunlangach, bosh murabbiyni almashtirishi mumkin.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, rahbariyat amaldagi bosh murabbiy Paulu Fonsekaning faoliyatidan qoniqish xosil qilmayapti. Agar rimliklar EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, portugaliyalik mutaxassis aniq iste’foga chiqariladi.
Hozirda Fonsekaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar qatorida Massimiliano Allegri va Mauritsio Sarri nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar