“Roma” Dzanolo bo‘yicha bir taklifni rad etdi. Xaridor yangi taklif bilan qaytadi

  • 21 yanvar, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” universal futbolchisi Nikolo Dzanolo tez orada klubdan ketishi kutilyapti. 23 yoshli futbolchini so‘rab, “Vest Xem” poytaxtliklarga murojaat qildi.

Inglizlar rimliklardan Dzanoloni yarim mavsumga ijaraga olib, keyin 30 million evroga transferni yakunlash majburiyatini so‘ragan. Bundan tashqari, londonliklar italiyalik futbolchi uchun ma’lum miqdorda bonuslar to‘lanishini kafolatlagan.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, “Roma” ketmoqchi bo‘layotgan futbolchini birdaniga to‘liq sotib yubormoqchi.

Shu bois, rimliklar sport direktori Tyagu Pinto “Vest Xem” taklifini qabul qilmadi. Aytilishicha, “Vest Xem” taklif shartlarini qayta ishlab chiqib, “bo‘rilar”ga yana bir bor murojaat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!