“Roma” futbolchisini "Chelsi" chaqirdi. U Abraxam emas!
“Chelsi” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Roma” sardori Lorentso Pellegrini Angliya premer-ligasiga taklif qilmoqda.
The Telegraph nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” italiyalik yarim himoyachi faoliyatini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Pellegrinining rimliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Transfermarkt portali “bo‘rilar” sardorini 45 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Lorentso A Seriyada to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlarining to‘rtta goliga hammuallif bo‘ldi.

Fikrlar