“Roma” futbolchisini jiddiy klub so‘rayapti

  • 24 iyul, 2022, 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning eng mashhur klublaridan biri  “Marsel” rahbariyati “Roma”da o‘ynayotgan frantsiyalik Jordan Veretuni o‘z vataniga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Tecno

L’Equipe nashrining xabar berishicha, marselliklar 29 yoshli Veretuni jamoani tark etgan  Bubakar Kamaraga munosib o‘rinbosar bo‘ladi, degan fikrda. 22 yoshli Kamara yaqinda “Aston Villa” taklifini qabul qilib, Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tdi.

Ayni paytda “Marsel” rimliklar bilan muzokara olib bormoqda. Bu jamoa yaqinda o‘z safiga “Roma”ning ikki o‘yinchisi 25 yoshli hujumkor futbolchi Jengiz Under va 27 yoshli darvozabon Pau Lopesni qo‘shib olgandi.

Jordan Veretu mavsumni 49 ta o‘yin, to‘rtta gol va o‘nta assist bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
24/07/2022 14:08
Элдородониям қайсидир клуб сўрайдимикан а?