
"Roma" hujumchisi "Inter"ga ko‘chib o‘tishi mumkin!
"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. "TuttoMercatoWeb" nashri ma’lum qilishicha, ukrainalik forvard faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Xabarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" a’zosi Markus Tyuram transferlar oynasida jamoani tark etilishi kutilyapti. Klub rahbariyati esa uning o‘rnini Dovbik bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Simone Indzagi ham bu transferga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Artyom joriy mavsumda A Seriyaning 23 bahsida ishtirok etib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda uning Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar