
“Fiorentina” Rimdan hujumchi kutyapti
“Fiorentina” qishki transferlar vaqtida hujum chizi0ini “Roma” futbolchisi Andrea Belotti bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, Belotti “bo‘rilar” bilan bir mavsumga shartnoma imzolagan va uni uzaytirish uchun sermahsul o‘yin ko‘rsatishi kerak. Italiyalik hujumchi Joze Mourino qo‘l ostida to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsata olmayapti. Bu uning kelajagiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Bu vaziyatdan “Fiorentina” foydalanib qolmoqchi. Bu jamoa mutasaddilari Belottining agentiga murojaat qilib, Belottini Florentsiyaga ko‘chirish imkoniyatlarini so‘ragan.
Joze Mourino keyingi paytda oldingi chiziqda asosan Temmi Abraxam va Paulo Dibalaga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar