"Roma" jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Roma" hujumchisi Edin Jeko jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Calciometcato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaning yozishicha, 34 yoshli bosniyalik futbolchida chap oyog‘ining aduktor mushaklari shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun 2 hafta muddat talab etilishini aytishmoqda.
Jeko joriy mavsum "Roma" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar