“Roma” katta transferni e’lon qildi (foto)

  • 05.07.2022 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” klubi rasmiy sayti orqali “Lill” himoyachisi Mehmet Zeki Chelikni transfer qilganini e’lon qildi.

Poytaxtliklar ushbu transfer borasida faqat bir ma’lumot – turkiyalik o‘yinchi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma tuzilgani haqida xabar qoldirgan xolos.

Biroq, Italiya matbuoti “bo‘rilar” Turkiya terma jamoasi o‘yinchisini olib kelish uchun Frantsiya klubiga 7 million evro to‘lagani haqida bong urmoqda.

maxresdefault (1)_1

Bu “Roma”ning yozgi transferlar mavsumidagi uchinchi xaridi bo‘ldi. Ungacha, rimliklar o‘z safiga serbiyalik o‘yinchilar – darvozabon Mile Svilar va yarim himoyachi Nemanya Matichni qo‘shib olgan edi.

25 yoshli Zeki Chelik “Lill”ning etakchi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan. U jamoasining 2020-2021 yilgi mavsumda Frantsiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!