“Roma” kech qoldi

  • 11.02.2022 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourino qishki transferlar vaqtida “Portu” to‘purari Luis Diasni “Roma”ga olib kelishga harakat qilgan edi. Yakunda kolumbiyalik hujumkor futbolchi “Liverpul” a’zosiga aylandi va yangi jamoasida debyut uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Futbolchining otasi Manuel Dias  liverpulliklar o‘g‘li uchun kurashni ancha kech boshlagani, lekin yakunda qat’iyat ko‘rsatib u bilan shartnoma tuzishga erishganini ta’kidladi.

- Luisning xizmatiga qiziqqan ko‘p jamoalar bor edi. “Roma” va “Tottenxem” bu transfer haqida uzoq bosh qotirdi. Amalda “Liverpul” tez harakat qildi va maqsadiga etdi. Luis ham “Liverpul” grand klub ekanini inobatga olib, transferga rozilik berdi, - dedi Manuel Dias.

Yurgen Klopp jamoasi 25 yoshli o‘yinchi uchun 40 million funt to‘ladi. Turli bonuslar evaziga bu summa 50 million funtga ko‘tarilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!