"Roma" Konferentsiyalar ligasida g‘alaba qozonsa, qancha pul ishlab oladi?

  • 24 may, 2022, 15:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi uchun belgilangan mukofot pullari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, guruh bosqichida ishtirok etgan har bir klubga 2,94 million evro miqdorida mablag‘ o‘tkazib beriladi. 

Tecno

Shuningdek, nimchorak final ishtirokchilari 600 ming, chorak final qatnashchilari 1 million, yarim finalga chiqqan klublar 2 million, finalchi 3 million hamda chempion jamoa 5 million evro ishlab oladi.  Shunday ekan, agar "Roma" finalda g‘alaba qozonsa, 5 million evro mukofot puli oladi.

Qayd etish lozim, musobaqada g‘alaba qozongan jamoa 500 ming, durang uchun 166 ming evro miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Guruh bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa 650 ming, 2-o‘rin sohibiga 325 ming evro foyda ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa finali doirasidagi "Roma" - "Feyenoord" bahsi 25-dan 26 mayga o‘tar kechasi 00:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
24/05/2022 15:36
Уйин буладиган кунни нотугри ёзиб куйибсизлар!