
"Roma" maqsadiga etolmadi
Joze Mourino “Roma”ga kelganidan buyon rimliklar safini o‘ndan ziyod futbolchi tark etdi va bu jarayon muntazam davom etadigan ko‘rinadi. O‘z navbatida, portugaliyalik mutaxassis ketganlar o‘rnini yuqori saviyada to‘p surishga qodir ijrochilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Joze Mourino Rimga kelganidan buyon o‘z jamoasiga “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani olib kelmoqchi. O‘tgan yoz Mourinoning taklifini qabul qilmasdan “kanonirlar” bilan shartnomani uzaytirgan shveytsariyalik futbolchi qishki transferlar oynasida ham “Roma” nishonida bo‘ldi.
“Bo‘rilar” qaysar futbolchining “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan kelisha olmay qolganidan foydalanib qolmoqchi bo‘lgandi. Biroq, London klubi “Roma”ning Jaka bo‘yicha so‘roviga javob qaytardi va bu masala rasmiy muzokaralar jarayonigacha etib bormadi.
Mourino ikkinchi urinishda ham o‘zi orzu qilgan o‘yinchiga erisha olmadi. Katta transfer barbod bo‘ldi. Endi rimliklar mavsum yakunlangach, yangi taklif bilan aloqaga chiqmoqchi.
29 yoshli Granit Jaka 2016 yildan beri “Arsenal”da to‘p tepyapti. Joriy mavsumda atigi o‘nta uchrashuvda qatnashgan o‘yinchining “to‘pchilar” bilan hamkorligi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
“Valensiya” rimliklarga ajoyib rokirovka taklif qilyapti
“Valensiya” rahbariyati “Roma” bilan futbolchi almashmoqchi. Aslida ispan klubi rimliklarga kerak bo‘lmay qolgan Amadu Diavaraga qiziqish bildirgan, uni ijaraga olib, maoshini to‘liq to‘lab berishni taklif qilishni rejalashtirayotgan edi.
Biroq, endi vaziyat o‘tgandi.
“Valensiya” xo‘jayinlari o‘z jamoasida “Roma” sharafini himoya qilayotgan “Barselona” tarbiyalanuvchisi Karles Peresni ko‘rmoqchi. Rimliklar ichki raqobatda Eldor Shomurodov, Nikolo Dzanolo, Stefan El-Shaaraviga imkoniyatni boy berayotgan hujumchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, ispaniyaliklar Karles Peresni portugaliyalik legioner Gonsalu Gedeshga almashtirishni taklif qilmoqda. Bu taklif “Roma”ga ham ma’qul. Chunki Joze Mourino o‘z hamyurtining imkoniyatlarini yaxshi biladi va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Gonsalu Gedesh 2018 yildan beri “Valensiya”da o‘ynayapti. O‘shanda ispanlar bu futbolchi uchun “Pari Sen-Jermen”ga 40 million evro to‘lagan. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yarim yil davom etadi va hozirgi transfer summasi 30 million evroni tashkil qilyapti.
2020 yildan beri Rimda to‘p tepayotgan Karles Peres esa “Barselona”dan 12,5 million evroga transfer qilingan. Biroq, asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun narxi 7 million evroga tushib ketdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan va “Roma” mutasaddilari u bilan tezroq xayrlashmoqchi.
Bir futbolchi o‘rniga to‘rt nomzod
“Roma” yarim himoyasida bitta joy bo‘shaydigan bo‘ldi. Klub rahbariyati Amadu Diavara vakillari bilan uchrashuvda o‘yinchining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi.
Gvineyalik tayanch yarim himoyachisiga Ispaniya, Italiya, Frantsiya va Turkiya chempionatlari jamoalaridan bir necha taklif bor. Biroq Amaduning o‘zi hali biror chorlovni qabul qilgani yo‘q.
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto maydon markazidaga o‘yinchi qidirishda davom etmoqda. Uning qo‘lidagi ro‘yxatda transferi ancha qiyin hisoblangan Tangi Ndombele (“Tottenxem”) va Danilu Pereyra ( PSJ) bor.
Shuningdek, Tyagu Pinto zaxira varianti sifatida Naytan Nandes transferi bo‘yicha ham ish olib bormoqda. “Kalyari”da o‘ynayotgan urugvaylik yarim himoyachi kuchliroq klubga o‘tish niyatida. Chunki bu futbolchi ilgari Urugvayning “Penyarol” va Argentinaning “Boka Xuniors” kabi klublarida to‘p tepgan va yuqori maqsadlar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynashni qo‘msayapti.
A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” klub byudjetini mustahkamlash ilinjida etakchi o‘yinchilaridan biri hisoblangan Nandesni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu transfer uchun ular 16 million evro talab qilmoqda.
“Navbahor”ga kelishi aytilgan O‘runov qaysi jamoada o‘ynaydi?
“Roma”ga juda xunuk xabar!
“Roma” hujumchilaridan birini sotishga qaror qildi. U kim ekan?
“Roma” qalbimda qoladi...
O‘runovga xunuk xabar. U firibgarlik qurboni!
“Roma”da katta tozalash davom etadi va Shomurodovga ko‘p gol uradigan raqobatchi keladi!
Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi
“Roma” hujumchilariga maslahat!
Mourino Shomurodovni nega o‘yinga tushirmadi? Eldor zaxirada o‘tirgan palla Abraxam rekordlarni ura boshladi!
Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!
Fikrlar