O‘runovga xunuk xabar. U firibgarlik qurboni!

  • 29 yanvar, 2022, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Superligasida “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalaridagi o‘yinlari bilan yurtimizning eng iste’dodli futbolchilaridan biri ekanini namoyish qilgan Oston O‘runovning Rossiya premer-ligasidagi muammolari hali-beri tugamaydiganga o‘xshaydi.

41301acf-8671-4ad4-aebf-8037f28f7b25

Rossiya ommaviy axborot vositalari yana “Spartak” rahbariyati va sobiq bosh direktor Shamil Gazizov o‘rtasidagi mojaro doirasida Oston O‘runovning transferiga doir turli ma’lumotlarni tarqata boshladi.

O‘runovga iste’dodli va yuqori salohiyatli o‘yinchi ekanini namoyish etishi uchun 2020 yilning birinchi yarmida “Ufa” jamoasi safida ko‘rsatgan o‘yinlarining o‘zi kifoya qilganini hali unutganimiz yo‘q.

Hamyurtimizni Rossiya futboliga olib kirgan Shamil Gazizov keyinchalik o‘yinchi ortidan mo‘may daromad ko‘rishga harakat qilgani legionerimizning faoliyatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ostonning Shamil Gazizov xatti-harakatlari evaziga “Spartak” bilan imzolagan va 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnomasi bor. Lekin Moskva klubi O‘runov transferida Gazizov firibgarlikka qo‘l urganini ta’kidlamoqda va bu sharoitda hech qachon O‘runovni jamoaga yaqinlashtirmasligi aniq.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168

Oston bir yarim yil ichida ikki marta “Ufa”ga ijaraga berildi. Hozir ham Boshqirdiston jamoasida ijara muddatini o‘tamoqda. “Ufa” uni yozda bir million evro evaziga transfer qilish huquqiga ega. Lekin so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi vakillari o‘zbek futbolchisining ko‘rsatayotgan o‘yini va sport formasidan qoniqmayapti.

“Ufa” O‘runovni xarid qilish majburiyatini olishi uchun hamyurtimiz milliy chempionatning 60 foiz o‘yinlarida maydonga tushishi kerak edi. O‘runov turli jarohatlar tufayli atigi ettita bahsda ko‘rinish berdi. O‘zi o‘ynagan o‘yinlarda samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Rus matbuoti “Ufa” mutasaddilari O‘runovni transfer qilish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilganini yozmoqda.

Demak, yozda Oston na “Spartak”, na “Ufa”ga kerak bo‘ladi.

Moskvaliklar uni to‘liq sotib yuborish yoki yana ijaraga berish uchun yangi ish joyi topib berishi kerak. So‘nggi variant sifatida O‘runov quyi liga – Milliy futbol ligasida ishtirok etayotgan “Spartak-2” jamoasiga o‘tkazilishi mumkin.

Yaqinda Shamil Gazizov “Spartak” uni aldaganini, klub uni bosh direktorlik lavozimiga tiklab, katta miqdorda kompensatsiya to‘lashi kerakligini iddao qilib chiqqan edi. Qolaversa, ufalik mutaxassis “Spartak” unga Oston O‘runov va Aleksandr Kokorin transferi uchun bir chaqa ham to‘lamaganini ta’kidlagan.

Bularga javoban “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova navbatdagi informatsion hujumni amalga oshirdi.

- Avvalboshida O‘runov transfer huquqining 25 foizi uning o‘ziga tegishligi aytilgandi. Bizda aniq raqamlar yo‘q edi va bundan bexabar edik. Keyinchalik Gazizov klub bosh direktori sifatida kelishuvni o‘zgartirib, transfer huquqining 50 foizini o‘ziga to‘g‘rilab oldi.

Dekabr oyiga kelib, bu huquqning 75 foizi Gazizovga tegishligi ekani fosh bo‘ldi. Bu yaqqol moliyaviy firibgardir, - dedi klub ishlariga aralashishni xush ko‘radigan Zarema Salixova.

large_50

Shamil Gazizov va “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedun o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yaqin orada hal bo‘ladiganga o‘xshamayapti. Tomonlar sudlashib yuribdi.

Yaqinda Gazizov “Spartak” klubi bosh direktor shartnomasini noqonuniy bekor qilganligi, o‘zini klub bosh direktorligiga tiklash va 100 million rublga yaqin badal undirish maqsadida sudga ariza kiritdi. Bu masala bo‘yicha sud majlisi 28 yanvardan 4 martga ko‘chirildi.

Rossiya futbolida yuz berayotgan bu mojara Oston O‘runovning faoliyatiga salbiy ta’sir qilayotgani  achinarli. Uch mavsum davomida Rossiya premer-ligasida aytishi 35 ta o‘yin o‘tkazgan hamyurtimiz mavsum oxiriga qadar hali iqtidorini yo‘qotmaganini isbotlashiga to‘g‘ri keladi.

Agar yozda “Ufa” uning transfer huquqini sotib olmasa yoki klub premer-ligadagi joyini boy bersa, Oston yana o‘ziga yangi jamoa topishga majbur bo‘ladi.

“Roma”da katta tozalash davom etadi va Shomurodovga ko‘p gol uradigan raqobatchi keladi!

Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi

“Roma” hujumchilariga maslahat!

Mourino Shomurodovni nega o‘yinga tushirmadi? Eldor zaxirada o‘tirgan palla Abraxam rekordlarni ura boshladi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!