“Roma” o‘yinchisi qimmatga “ketdi”

  • 05.08.2022 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Marsel” klubi “Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretuni 11 million evro va 4,5 million evro bonus evaziga sotib oladigan bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romano.

Manbaning ta’kidlashicha, 29 yoshli yarim himoyachi tez orada marselliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va yangi jamoasi bilan rasman shartnoma imzolamaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Marsel” frantsiyalik futbolchiga 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qilgan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Jordan Veretu o‘tgan mavsumda 50 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Card1nal008
05/08/2022 20:18
....