"Roma" Pastoreni qanchaga sotmoqchi?

  • 04.08.2020 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" rahbariyati argentinalik hujumkor yarim himoyachi Xaver Pastorening transfer narxini e’lon qildi.

TNT Sports tarqatgan xabarga qaraganda, “bo‘rilar” 32 yoshli futbolchini 10 million evroga baholamoqda. Unga "Zenit" va "Los-Anjeles Gelaksi" asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.

Pastore joriy mavsum “Roma” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi. Transfermarket talqiniga ko‘ra, uning transfer narxi 8 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!