
“Roma” porlay boshlagan yulduz bilan muzokara boshladi
“Roma” mutasaddilari “Lion” etakchilaridan Ussem Auarni transfer qilishga urinmoqda.
Poytaxtliklar 23 yoshli universao futbolchini 17 million evro miqdordagi badal puli evaziga Rimga ko‘chirib kelmoqchi.
Auarning amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi. Iste’dodli futbolchi lionliklar bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortmoqda. Shu bois frantsuzlar yozda uni sotib yuborishga qaror qilgan.
Joze Mourino bu o‘yinchi jamoadan ketgan Genrix Mxitaryan o‘rnini bosa olishiga ishonch bildirmoqda.
Auar o‘tgan mavsumni 44 ta uchrashuvda kiritilgan sakkizta gol va to‘rtta assist bilan yakunladi. Unga Ispaniya chempionati vakili “Sevilya”dan ham jiddiy chorlov bo‘lyapti.
Fikrlar