
"Roma" Shomurodovga yangi raqobatchi olib keladi
"Roma" "Everton"ning 26 yoshli hujumchisi Beto uchun kurashmoqda. Bu haqda "Fr Sports" nashri xabar berdi.
Bu vaziyatda "Roma"ning ustunligi shundaki, so‘nggi haftalarda rimliklar xo‘jayini Den Fridkin "Everton"ning egasiga aylandi.
Italiyaning "Torino" klubi ham Betoga qiziqish bildirmoqda. Biroq, poytaxt klubi Artyom Dovbik uchun munosib o‘rinbosar topishga qat’iy qaror qilgan holda mazkur transfer uchun peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, hamyurtimiz Eldor Shomurodovning asosiy tarkib uchun imkoniyati juda kamayib ketadi.
Fikrlar