"Roma" Shomurodovning o‘rniga APLdan hujumchi olib keladi
"Roma" Temmi Abraxamning ketishi va tez orada Eldor Shomurodovning jamoani tark etishi ortidan yangi hujumchi qidirmoqda.
Janluka Di Martsioning xabar berishicha, kuzatilayotgan nomzodlar orasida "Manchester Yunayted" futbolchisi Rasmus Xoylund ham bor.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Roma" yaqin kunlarda futbolchi bilan muzokaralarni boshlaydi. Uning narxi 45 million evro atrofida bo‘lib, bu rimliklar uchun juda yuqori ko‘rsatkich. Shu sababli "Roma" uchun ijara varianti yagona echim bo‘lishi mumkin.

Fikrlar