
“Roma” tez orada katta transferni e’lon qiladi
“Roma” mutasaddilari “Arsenal” bilan 24 yoshli himoyachi Enzli Meytlend-Naylzning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Iste’dodli futbolchi transfer doirasida Londonda “Rom” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Corriere dello Sport nashri “Roma” tez orada bu transferni rasman e’lon qilishi haqida xabar tarqatdi. Yana bir nashr – La Gazzetta dello Sport poytaxtliklar himoyaning turli nuqtalarida o‘ynay oladigan universal futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olgani va buning 500 million evro to‘lashi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Enzli Meytlend-Naylz “bo‘rilar” safida yaxshi natijalar qayd etsa, 500 ming evro miqdorida bonus ham to‘lanadi.
Futbolchining “Roma”dagi maoshi 1,2 million evroni tashkil qiladi. Mavsum oxirida rimliklar uni sotib olish huquqiga ega.
Smolling vaktsina olishga rozi bo‘ldi
“Roma” himoyachisi Kris Smolling koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan o‘tishga rozilik berdi.
Angliyalik futbolchi A Seriyada emlanishdan bosh tortib kelayotgan o‘n futbolchidan biri edi. Italiya hukumati yaqinda emlanmagan sportchilarning musobaqalarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yangi tartib joriy qilganidan edi. Smollingning qaroriga aynan mana shu hujjat asos bo‘lgani aytilmoqda.
Angliyalik himoyachi “Roma” tarkibida 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Avval u “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.
32 yoshli himoyachi joriy mavsumda A Seriyada 11 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft gol urishga erishdi.
Mourino o‘zi ishlamaydigan klublar nomini aytdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi ishlagan klublar hurmatidan o‘sha shaharning boshqa jamoasini shug‘ullantirmasligini aytdi.
- To‘g‘ri, biz professionalmiz, lekin shunday klublari borki, avval ishlagan jamoalaringiz hurmatidan ularni shug‘ullantira olmaysiz.
“Roma” 2010 yildan keyin menga murojaat qilgan birinchi Italiya klubi bo‘ldi. Men boshqa takliflarga nisbatan ularning chorlovini qabul qilish imkoniga ega edim. Misol uchun, endi men hech qachon Rimning ikkinchi klubi “Latsio”ni shug‘ullantira olmayman.
“Milan” bilan hech qanday muammom yo‘q, shunga qaramay, “Inter”ni boshqarganim uchun u erda ishlash olmayman. Bu hurmat printsipiga asoslanadi, - dedi Joze Mourino.
“Fir’avn” safga qaytdi
“Roma” hujumkor futbolchisi Stefan El-Shaaravi “Milan”ga qarshi uchrashuv oldidan yana safga qaytdi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
29- yoshli o‘yinchi o‘z salomatligini to‘liq tiklagan va muhim uchrashuvga umumiy guruh safida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shundan bo‘lsa-da, uzoq vaqt maydondan tashqarida qolgan o‘yinchini Joze Mourino ilk daqiqalardan o‘ynatmaydi va u zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi kutilmoqda.
El-Shaaravi joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobga oltita gol yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, “Roma”da darvozabon muammosi oxirigacha hal bo‘lmadi. Belida og‘riq sezayotgan asosiy posbon Puy Patrisiu individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. Uning asosiy o‘rinbosari Daniel Fuzato koronavirus yuqtirgani uchun karantinga olingan.
Fikrlar