“Roma”dan noxush xabarlar: Uchinchi futbolchida koronavirus, Abraxam avariyaga uchradi, Mourino mojaroga aralashib qoldi!

  • 3 yanvar, 2022, 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” 2022 yilning birinchi o‘yini – 6 yanvar kuni “San-Siro”da “Milan” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq, Rim klubi atrofida sodir bo‘layotgan voqealar ularning tayyorgarligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Tecno

“Roma” futbolchilari kovidga qarshi emlanganiga qaramay, ular topshirgan testlarda kasallik holati aniqlanmoqda. Dastlab ikki o‘yinchida virus yuqqani aniqlandi va ular izolyatsiyaga olindi.

Garchi, klub rasmiy sayti koronavirus yuqtirgan futbolchilarning nomini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, dastlabki ikkitasi Borxa Mayoral va Stefan El-Shaaravi ekani jurnalistlar tomonidan ochiqlandi.

Endi uchinchi futbolchida ham virus borligi “Roma” mutasaddilari tomonidan rasman tan olindi. Bu ikkinchi darvozabon Daniel Fuzato ekani aytilmoqda.

Klub belgilangan tartibda tegishli idoralarni vaziyat bo‘yicha ogohlantirdi va kasallangan o‘yinchilarni izolyatsiyaga oldi. Ularning barchasi koronavirusdan emlangan va kovid engil o‘tayotgani ma’lum qilindi.

naom_5f3d481851c19

Temmi Abraxam mashinasini urib oldi

“Roma”ning asosiy hujumchisi Temmi Abraxam Rim yo‘llarida ko‘ngilsiz hodisaga duch keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, angliyalik yulduz  “Euroma2” savdo markazi oldida o‘ziga tegishli Porche Cayenne rusumla mashinada ayol kishi boshqarayotgan avtomobilni turtib yuborgan.

Yo‘l-transport vositasida hech kim shikastlangani yo‘q.

Temmi Abraxam  bo‘lgan voqeadan keyin, klub bazasiga kelib, “Milan”ga qarshi uchrashuvga tayyorlanish maqsadida mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etgan.

Ta’kidlash joizki, “Chelsi”dan 40 million evroga transfer qilingan Temmi Abraxam Italiya chempionatidagi debyut mavsumida Joze Mourino ishonchini oqlab kelyapti. 24 yoshli forvard rimliklarning asosiy hujumchisi sifatida A Seriyada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marotaba aniq nishonga oldi. Abraxam joriy mavsumda “Roma”ning asosiy to‘purariga aylandi.

Rome-accident-for-Abraham-rear-end-collision-on-the-Trigoria-road

Mourino klubni tark etgan yordamichisi bilan kelisha olmay qolgan ekan

Yaqinda “Roma” rahbariyati klubni Joze Mourinoning yordamchisi Joau Sakramento tark etgani haqida rasmiy xabar tarqatdi. Dastlab, bu mutaxassis mustaqil bosh murabbiy sifatida ishlash istagida ketgani aytildi. Sakramentoning o‘zi ham ikki yillik hamkorlikda o‘ziga ustozlik qilgan Mourinoga minnatdorlik bildirdi.

Biroq, endi oshkor bo‘lishicha, Joaoning ketishiga Mourino bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan ekan.

La Repubblica nashri 32 yoshli Sakramento Mourinoning “Roma”dagi faoliyatini tahlil qilib, hisobot tayyorlaganida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan va bu hujjatning bosh murabbiyning boshqalar bilan munosabati buzilishiga olib kelish ehtimoli katta bo‘lganini yozdi.

Manbaga ko‘ra, Sakramento “Tottenxem”da ishlagan paytda ham tayyorlagan hisobotlarida Mourinoni o‘yinchilarga qarshi qilib qo‘ygan ekan. Biroq, har ikki vaziyatda ham bosh murabbiyga hech kim e’tiroz qila olmagan.

Mourino esa, yordamchisining bu qilig‘ini kechirmadi va uni murabbiylar shtabidan chetlatdi.

768x432 (1)

Portugaliyalik mutaxassisga jamoani o‘yinlarga tayyorlashda bundan buyon Salvatore Foti yordam beradigan bo‘ldi.

Shomurodov Messi bilan bir ligada o‘ynashi rostmi?

Shomurodov va Abraxam transferi kamlik qiladi!

“Roma” murabbiylar shtabida o‘zgarish

Mourino tarkibni tozalaydi. “Roma”ning qaysi o‘yinchilariga kimlar xaridor?

Mourino endi Italiya stadionlariga kiritilmaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Eldor Tyraboev
03/01/2022 20:32
Abraham ham virus bo'sine