Shomurodov Messi bilan bir ligada o‘ynashi rostmi?

  • 3 yanvar, 2022, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda faoliyat yurituvchi upl.uz sayti “Roma” va O‘zbekiston hujumchisi Eldor Shomurodovga Frantsiya chempionati yuqori divizionida o‘ynayotgan “Monako” klubidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Mazkur saytning yozishicha, frantsiyaliklar qishki transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi va Shomurodov “Monako” rahbariyatining short-listidan o‘rin olgan. Bu jamoa legionerimizni keyinchalik sotib olish huquqi bilan yanvarda ijaraga olishni rejalashtirayotgani aytilgan.

Shuningdek, upl.uz sayti “Roma” boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish uchun Shomurodovdan voz kechishi mumkinligi haqida yozmoqda.

Ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodovning faoliyatini keng yoritib borayotgan Rossiya va Italiya ommaviy axborot vositalarida “Monako”ning o‘zbek futbolchisiga qiziqayotganiga oid xabar hozircha ko‘zga tashlangani yo‘q.

Avval Evropaning ko‘p nashrlari Eldor Shomurodovga Ispaniya La Ligasi vakili “Sevilya”dan qiziqish bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Shomurodov Italiya chempionatida "Yuventus" sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynagan edi. Agar "Monako" varianti rost bo‘lib chiqsa va hamyurtimiz uni qabul qilsa, Frantsiya chempionatida Lionel Messi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Buyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi...

WhatsApp Image 2021-06-30 at 12.34.51

Mourino o‘zi sindirgan futbolchiga xaridor

Joze Mourino “Tottenxem”ni boshqargan davrda ushbu klub tarixidagi eng qimmat transfer egasi Tangi Ndombele bilan kelisha olmay qolgan edi.

Londonliklar frantsiyalik yarim himoyachini 2019 yili “Lion”dan 60 million evroga xarid qilgandi. Portugaliyalik mutaxassis yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli qimmatbaho o‘yinchini maydonga tushirmay qo‘ygan.

Keyinchalik o‘zaro munosabatlar yaxshilangan bo‘lsa-da, Tangi Ndombele avvalgi darajada o‘yin ko‘rsata olayotgani yo‘q. Mourinodan keyin “Tottenxem”ni shug‘ullantirayotgan Antonio Konte ham frantsiyalik o‘yinchiga ishonch bildirmaydi.

Ndombele joriy mavsumda maydonda atigi to‘qqiz marta ko‘rinish berdi xolos. Qizig‘i, unga Joze Mourino boshqarayotgan “Roma” xaridor bo‘lmoqda. Joze Mourino Ndombele Rim klubining maydon markazidagi o‘yinini kuchaytirishiga umid qilyapti.

Ayni paytda “Tottenxem” asosiy tarkibidan chetda qolayotgan yarim himoyachining narxi ikki barobarga arzonlab, 30 million evro atrofidagi summani tashkil qilayotgani ham rimliklarga qo‘l kelishi mumkin.

Shuningdek, maydon markazini tartibga solishni rejalashtirgan Mourino ro‘yxatida “Marsel” vakili Bubakar Kamara va “Xoffenxaym” a’zosi Florian Grillich ham bor. Biroq yozda erkin agentga aylanayotgan bu o‘yinchilarni olish oson bo‘lmaydi. Chunki ularga “Roma”dan boshqa klublardan ham talab bo‘lyapti.

2745578-56733570-2560-1440

“Fiorentina”ga “Roma” himoyachisi kerak

“Fiorentina” rahbariyati “Roma” hujumchisi Borxa Mayoraldan tashqari iste’dodli himoyachi Marash Kumbullaga ham qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli albaniyalik himoyachi har doim ham rimliklar tarkibiga kira olmayapti. Joze Mourino kamdan-kam hollarda uni o‘yinga qo‘shmoqda.

“Fiorentina” bu vaziyatdan foydalanib, Marashni o‘z safiga chorlamoqda. Marash Kumbullaga aslida A Seriyaning bir necha klublaridan chorlov bo‘lgan. Biroq, bu himoyachi “Roma” sport direktori Tyago Pintoga uchrab, jamoada qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashishini ma’lum qilgandi.

1331653553.0_1

“Milan”ga jo‘natilgan o‘yinchi Rimga qaytmoqchi emas

“Roma” rahbariyati tomonidan “Milan”ga ijaraga berilgan Alessandro Florentsi ortga qaytmoqchi emas.

Rimliklar bilan 2023 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘ng qanot himoyachisi Milanda qolishga harakat qilmoqda. 30 yoshli futbolchi “Milan” klubi mutasaddilari mavsum yakunlangach, uning transfer huquqi “Roma”dan sotib olinishiga umid qilmoqda.

Florentsining “Milan” murabbiylar shtabi va o‘yinchilari bilan munosabati juda yaxshi. U jamoa tarkibida A Seriyada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi. Shuningdek, Evropa Chempionlar ligasida to‘rt marta ko‘rinish berdi.

Uning “Milan” bilan ijara shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

milan-soglasoval-transfer-florenci-peregovory-po-bakajoko-prodolzhajutsja

Shomurodov va Abraxam transferi kamlik qiladi!

“Roma” murabbiylar shtabida o‘zgarish

Mourino tarkibni tozalaydi. “Roma”ning qaysi o‘yinchilariga kimlar xaridor?

Mourino endi Italiya stadionlariga kiritilmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!