"Roma" uchun muhim o‘yin

  • 19 fevral, 2022, 09:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya chempionati 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida "Roma"ning o‘yini ham bor.

Tecno

Joze Mourino shogirdlari bu gal "Verona"ga qarshi bahs yuritadi. Bellashuv Rimdagi "Olimpiko" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuv rimliklar uchun juda muhim hisoblanadi. Mag‘lubiyat "Verona"ni "Roma"ga yaqinlashtiradi va Mourino jamoasidan oldindagi raqiblar sezilarli darajada ilgarilab ketadi.

"Roma" ayni payt turnir jadvalida 40 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. "Verona" esa 36 ochko jamg‘argan holda 9-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!