“Roma” bu futbolchining maoshini oshiradi
Brayan Kristante Joze Mourino qo‘l ostida ham “Roma”ning asosiy figuralaridan ekanini isbotlay oldi.
Italiyalik yarim himoyachi mavsum davomida 49 marotaba maydonga tushib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Murabbiylar shtabi kelasi mavsum ham mahoratli futbolchining xizmatidan foydalanmoqchi. Shu bois, Mourino klub rahbariyatidan Brayanga yangi shartnoma berishni talab qilmoqchi. Chunki, 27 yoshli futbolchiga “Milan” va “Yuventus” ko‘z tikmoqda.
Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto tez orada Kristantening agentlari bilan uchrashadi. Klub amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha uzaytirmoqchi. Unga ko‘ra, futbolchiga har mavsum uchan 3,5 million evro maosh va qo‘shimcha bonuslar beriladi.

Fikrlar