
"Roma": Xo‘jayin bilan til topisha olmayotgan rahbar ishdan ketadi
“Roma” prezidenti Jeyms Pallotta jamoaning sport direktori Janluka Petrakini iste’foga chiqarishni rejalishtirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, AQShlik amaldor va rimliklar rahbariyati o‘rtasida transfer siyosatida turli qarama-qarshiliklar bo‘lmoqda. Shuning uchun Palotta Petrakini “shartnoma shartlarini bajarmaganligi” sababli u bilan tuzilgan kelishuvni muddatidan avval bekor qilishi mumkin. Bu holatda sport direktori “Roma”dan kamroq tovon puli oladi.
Ma’lumot uchun, Petrakining “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 1 mln evroni tashkil etadi. “Roma” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar