“Roma” yana bir katta transferni uddaladi

  • 15 iyun, 2022, 18:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” tez orada yana bir transferni e’lon qilishi kutilmoqda. Rimliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Lill” va Turkiya terma jamoasi vakili Mehmet Zeki Chelikni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan edi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, rimliklar sport direktori Tyagu Pinto “Lill” rahbariyati bilan futbolchi transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.

Endi bu transfer e’lon qilinishi uchun Chelik Rimga kelib, yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va “Roma” bilan rasmiy shartnoma imzolashi kerak.

Shu tariqa, Chelik rimliklarning yozdagi ikkinchi transferiga aylanadi. Ungacha, poytaxtliklar o‘z safiga “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matichni qo‘shib olgandi. Serbiyalik futbolchi avval “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da ham Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!