"Roma" yangi hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Birmingemning "Aston Villa" klubida to‘p tepib kelgan niderlandiyalik hujumchi Doniell Malen faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Futbolchi "Roma" klubiga ko‘chib o‘tdi.
Rim klubi rasmiy xabariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchi mavsum oxiriga qadar ijaraga asosida "bo‘rilar" safida harakat qiladi. Shartnomada "Roma" uchun futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Malen APL doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar