Mourino “Real”dan o‘yinchi olmoqchi

  • 13 yanvar, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rim klubi niderlandiyalik o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp bilan butunlay xayrlashishga qaror qilgan. Klub mutasaddilari hozir uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.

Tecno

Joze Mourino o‘zi bilan kelisha olmay qolgan niderlandiyalik o‘yinchi o‘rniga “Real”da ishlari yurishmayotgan Alvaro Odriosolani chaqirmoqda.

27 yoshli himoyachi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblansada, bir necha yildan beri asosiy tarkibga kira olmayapti.  A Seriya ham Alvaroga begona emas. U o‘tgan mavsumda ijara asosida “Fiorentina” sharafini himoya qilgan edi.

Odriosolaning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmiga davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!