"Roma"dan sharmandali natija
Evropa ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Betis" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda rimliklar 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Bo‘rilar" mazkur musobaqa doirasida 3 uchrashuvning 2 tasida mag‘lubiyatga uchradi ("Betis" hamda "Ludogorets"). 2-tur bahsida esa ular XIKni 3:0 hisobida taslim etdi.
Ayni vaqtda "Betis" 9 ochko bilan "C" guruhida 3-o‘rinda bormoqda. 4 ochko to‘plagan "Ludogorets" 2-o‘rinni band etib turibdi. Shuningdek, Mourino shogirdlari 3, XIK esa 1 ochko to‘plashga erishgan.
Fikrlar