"Roma"ga "Chelsi" hujumchisi keladi
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini "Roma"da davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "bo‘rilar" 23 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Rimliklar angliyalik futbolchining ijarasi uchun “aristokratlar”ga 5 million evro to‘laydi. Ijara muddati yakunlangach “Roma” 40 million evro evaziga Abraxamning transferini to‘liq sotib olishi mumkin.
Hozircha, faqat Abraxamning o‘zi yakuniy qabul qilishi kutilmoqda.

Fikrlar