
“Roma”ga o‘tgan futbolchi muxlislardan uzr so‘radi
“Torino”da etti yil to‘p tepgan Andrea Belotti jamoasi bilan shartnomani uzaytirmadi. Erkin agent maqomida yurgan mohir hujumchini “Roma” o‘z safiga qo‘shib oldi.
Mavsumni Rim klubida boshlashi aniq bo‘lib ulgurganidan keyin Belotti turinlik futbol ishqibozlaridan uzr so‘radi.
- “Torino”ning qadrli muxlislari, etti yil birga bo‘lganimizdagi hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalashim qiyin. Men klubga kelganimda yosh bola edim. Kunma-kun o‘sdim, mashg‘ulotlarda va har bir uchrashuvda bor kuchimni ishga soldim. Sizlarning muhabbatingizga shu tariqa javob berishga harakat qildim. Sizlar doimo qalbimda qolasizlar.
Anchadan beri jimib qolganim sizlarni xafa qilgan bo‘lishi mumkin, meni kechiringlar, bunga o‘ziga yarasha sabablar bor edi, - deb yozdi Andrea Belotti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozgan postida.
Fikrlar