“Roma”ga yangi hujumchi kerak
Joze Mourino “Roma”ning barcha chiziqlarini kuchaytirishni istamoqda. Rim klubi skautlari portugaliyalik mutaxassisga ma’qul keladigan o‘yinchilarni qidirishda davom etyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, ular Mourinoga “Benfika” hujumchisi Gonsalu Ramushni olishni tavsiya qilmoqda. Mutaxassislar bu o‘yinchi rimliklarning asosiy hujumchisi Temmi Abraxamga munosib o‘rinbosar bo‘ladi.
21 yoshli portugaliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.
2026 yilning yozigacha shartnomaga ega futbolchining transferi 15 million evroga baholanyapti.
Fikrlar