"Roma"ni yarim finalda qaysi jamoa kutib turibdi?
Evropa Konferentsiyalar ligasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, o‘z maydonida "Budyo-Glimt"ni qabul qilgan "Roma" yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Rimliklar tarkibida Zanolo xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Abraxam mualliflik qildi.
Marhamat, chorak finalda bo‘lib o‘tgan o‘yinlar va barcha yarim final juftliklari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 


Fikrlar