"Roma"ning bugungi o‘yinini qaysi telekanal namoyish qiladi?
Bugun Italiya chempionati 14-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Torino" bahsi bo‘lib o‘tadi. Eldor Shomurodov bugun Turin klubiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
"Roma" ayni paytda 13-turdan so‘ng 22 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. "Torino" esa shuncha o‘yinda 17 ochko jamg‘argan holda 12-pog‘onani band etgan.

Fikrlar