"Roma"ning Konferentsiyalar ligasidagi bugungi o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahslar o‘tkaziladi. Bellashuvlar orasida "Roma" ishtirokidagi bellashuv ham bor.
Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan rimliklar safarda Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi. Bellashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Joze Mourino shogirdlari joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning TsSKA Sofiya va "Zarya" klubi o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin 00:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Roma" ayni damda 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, "Budyo-Glimt" 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Fikrlar