
"Roma"ning "Napoli"ga qarshi o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?
Italiya A Seriyasida 9-tur bahslari start oldi. Bellashuvlar 25 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
Bugun hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Roma" o‘z uyida "Napoli" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Bellashuv "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. O‘yinni legionerimiz zaxira o‘rindig‘ida boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar