"Roma"ning yangi bosh murabbiyi ma’lum
Rimning “Roma” klubiga yangi mavsumdan boshlab ayni damda "Atalanta"ni boshqarayotgan Jan Pero Gasperini ustozlik qiladi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 61 yoshli italiyalik mutaxassis “bo‘rilar” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Uning Rimdagi yillik maoshi esa 2,5 million evroni tashkil etadi. Ta’kidlash kerakki, bunga bonuslar kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Roma”ni Klaudio Raneri boshqarmoqda. Mavsum yakunlangach esa u jamoadan ketadi.

Fikrlar