Romatube.it: Shomurodov ko‘p yuguradi va jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekanligi bois jamoadoshlariga yordam berishga harakat qiladi

  • 26 noyabr, 2021, 17:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 5-turida Rimda "Zarya"ni qabul qildi. Unda Joze Mourino shogirdlari Ukraina jamoasini 4:0 hisobida taslim etdi.

Tecno

Uchrashuvga gollarga Karles Peres (15), Dzanolo (33), va Abraxam (46, 75) mualliflik qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 70-daqiqada ikkinchi gol muallifi Dzanolo o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Romatube.it uchrashuvda harakat qilgan futbolchilarning harakatlari borasida fikr bildirarkan, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi haqida quyidagilarni yozdi: "70-daqiqadan Eldor Shomurodov maydonda harakat qila boshladi. U ko‘p yuguradi va jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekanligi bois jamoadoshlariga yordam berishga harakat qiladi. Shomurodov gol urishi mumkin edi. Ammo... Eldor keyingi o‘yinlarda maqsadiga erishishiga ishonchimiz komil".

Eldor Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? - Futbolchilarga qo‘yilgan ballar (Foto)

Joze Mourino jamoasida qanday futbolchilar va insonlar borligi haqida gapirdi

FFEkBMRXwAMF-ah

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!