
Romero: Messi Barselonada!
PSJ futbolchisi Messi Barselonaga etib keldi, deya xabar bermoqda insayder Jerrard Romero. Jurnalist Lionelning tashrifi haqida quyidagicha gapirib berdi:
"Messi bugun Ispaniyaga uchib keldi. U oilasi va 15 yaqin chemodan bilan aeroportdan chiqib keldi. Futbolchi OAV e’tiboriga tushishni istamadi. U har qachongidan ham "Barsa"ga qaytishga yaqin. Menda ayrim ma’lumotlar bor, lekin ularni hozir aytib bo‘lmaydi. Tez kunlarda siz yaxshi xabarlarni eshitasiz", - dedi Romero.
Internet tarmoqlarida Messining aeroportdan chiqayotgan rasmi ham paydo bo‘ldi.
Fikrlar