Ronaldo Gvardiola bilan sirli muzokaralar olib bordi

  • 18 noyabr, 2024, 20:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Sobiq futbolchi Ronaldo Nazario Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Hozirda bu lavozimni Ednaldo Rodriges egallab turibdi. U konfederatsiya prezidenti sifatida 2026 yilning martigacha saylangan.

Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, Ronaldo saylovda g‘alaba qozonsa Xosep Gvardiolani Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi.

Sobiq hujumchi va murabbiy shu mavzu yuzasidan gaplashishgan. Biroq, Gvardiola Ronaldoga aniq javobni bermagan.  Ispaniyalik mutaxassis kelajagi haqida yakuniy to‘xtamga kelmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!